Sport | 17:26 / 17.05.2015
2733
1 daqiqa o‘qiladi

Bugun ikki Madrid hamda Kataloniya jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘ladi

Bugun 17 may kuni Ispaniya chempionatining 37-turida Kataloniya hamda Madrid jamoalari o‘rtasida 2ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ularning birinchisida "Atletiko Madrid" o‘z uyida "Barselona"ni qabul qilsa, ikkinchi uchrashuvda "Real Madrid" "Espanol" uyiga safar uyushtiradi. 

Musobaqada 1-o‘rinni egallab turgan "Barselona" klubi safarda 1 ochko ishlasa yoki "Real" safarda ochko yo‘qotsa, "kataloniyaliklar" muddatdan oldin chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Bu "Barselona" uchun La ligadagi 23-chempionlik bo‘ladi. 

Barcha uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 22:00da bo‘lib o‘tadi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish