Jahon | 18:20 / 17.05.2015
1758
1 daqiqa o‘qiladi

Ibrohim al-Xunaydiy Misr Adliya vaziri etib tayinlandi

Misr bosh vaziri Ibrohim Maxlub 17 mayda Ibrohim al-Xunaydiyni Misr Adliya vaziri etib tayinladi, deb xabar bermoqda Misrning “Masravi” yangiliklar portali.

Misrning amaldagi Adliya vaziri Mahfuz Sobur televizion intervyu paytida kambag‘allar xususida aytgan haqoratomuz so‘zlari uchun tanqidga olingandan keyin 11 mayda iste'foga chiqishga ariza berdi. Sobur aytgan so‘zlar “irqchilik va kambag‘allar uchun haqoratli” deb baholangan edi.

Frans Press agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, Sobur TV10 telekanaliga bergan intervyusida “chiqindi tozalovchilar farzandlari sud hakami bo‘lish uchun juda odmilar” deb aytgan edi. Bundan tashqari, Sobur “bundaylar muammolarga duch kelishlari va hattoki tushkunlikdan aziyat chekishlari mumkin, sud hakami esa munosib qatlamdan bo‘lishi kerak” deb aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish