Sport | 20:39 / 17.05.2015
1692
1 daqiqa o‘qiladi

"Manchester Yunayted" o‘z uyida "Arsenal" bilan durang o‘ynadi

APLning 37-turida “Manchester Yunayted” o‘z uyida “Arsenal”ni qabul qildi. Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida Ander Errera mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 82-daqiqada Tayler Blekett o‘z darvozasiga gol kiritib, hisobni tenglashtirdi.

37-turdan so‘ng “Arsenal” 71 ochko bilan 3-o‘rinni, “MYu” esa 69 ochko to‘plagan holda 4-pog‘onani band qilgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish