Jamiyat | 13:10 / 17.05.2015
1934
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada bo‘lib o‘tgan "Muzeylar kuni" marosimi ishtirokchisining ustiga reklama banneri qulab tushdi

Har yili an'anaviy ravishda o‘tkaziluvchi butunrossiya "Muzeylar kuni" aksiyasi davomida madaniy tashkilotlardan biriga tashrif buyurgan mijozlardan biri baxtsiz hodisaga duch keldi.

Ma'lum bo‘lishicha, Vaxtangova nomidagi teatr qarshisidagi maydonda ayol kishi banner ostida qolib ketgan. Hodisa natijasida jabrdiyda oyoq sinishi va bir qancha ochiq jarohatlar olgan.
Baxtsiz hodisa guvohlari darhol tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq ilishi natijasida ayol zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish