Jahon | 11:41 / 17.05.2015
3730
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Putinga rim imperatori qiyofasidagi haykal o‘rnatildi

Sankt-Peterburgda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga haykal o‘rnatildi.

Bronza haykal Rossiya yetakchisining rim imperatorlariga xos qiyofadagi byusti shaklida ishlandi.

Haykalning o‘rnatilishi tashabbusi bilan Irbis kazaklarining pravoslav ittifoqi kazaklari chiqishdi. Peterburg kazaklari atamani Andrey Polyakovning aytishicha, Putinga haykal qo‘yish g‘oyasining paydo bo‘lishiga Qrimning anneksiya qilinishi turtki bergan. Uning firkicha, Putin shu tariqa “azaliy rus yerlari”ni qaytarib olmoqda.

“Bizning prezidentimiz jasurlik va donolik timsolidir. Bizning davlatimiz esa haqiqiy Rossiya imperiyasidir. Shuning uchun o‘z g‘oyamizni amalga oshirishda rim imperatori qiyofasidan foydalanishga qaror qildik”, deb aytmoqda ataman.

Xabar berilishicha, Rossiyaning Latviyadagi elchixonasi Riga markazida xochga osib qo‘yilgan Vladimir Putin haykali paydo bo‘lganiga e'tiroz bildirgan holda Latviya Ichki ishlar vazirligiga norozilik notasini jo‘natgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish