Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik tadbirkor Polonskiy Kambojadan Rossiyaga deportatsiya qilindi
Rossiyalik tadbirkor Sergey Polonskiy 17 may kuni Kambojadan Rossiyaga deportatsiya qilindi. Bu haqda Kamboja huquq-tartibot organlaridagi manba xabar berdi.
Kamboja Ichki ishlar vazirligi Rossiya elchixonasini deportatsiya haqida xabardor etdi.
Rossiya berilishini talab qilayotgan tadbirkor 15 may kuni o‘zining yaxtasida Sianukvil shahri sohilidan bir necha kilometr uzoqlikda 5 nafar yordamchisi bilan viza tartibini buzganlikda ayblanib qo‘lga olindi.
Kamboja qirolligi immigratsiya departamenti direktori, general Sok Pxal 16 mayda Kamboja hukumati Polonskiyni iloji boricha tezroq deportatsiya qilish niyatidaligini aytgan edi. Kamboja immigratsiya qonunchiligiga ko‘ra, xorijlik fuqaro viza tartibini buzsa, tegishli ruxsatnomasiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullansa yoki xavfsizlik va jamoat tartibiga xavf tug‘dirsa mamlakatdan chiqarib yuborilishi mumkin.
Polonskiyga uch band bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda: u Kambojada ikki yil davomida muddatidan o‘tib ketgan viza bilan yashagan, noqonuniy tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan va muntazam ravishda jamoat tartibini buzib yurgan.
Polonskiyning qo‘lga olinishiga Kamboja Tashqi ishlar vazirligining Adliya vazirligidan Rossiya tomonidan o‘tgan yilning dekabrida Kamboja hukumatiga tadbirkorni ekstraditsiya qilinishini so‘rab yo‘llagan murojaatini hisobga olgan holda tadbirkor bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqishini so‘ragani sabab bo‘lgan.
Polonskiy “Rublevskaya rivera” va “Kutuzovskaya milya” uy-joy majmualarining qurilishida paychilarning mablag‘larini o‘g‘irlaganlikda gumon qilinmoqda.
Moskvaning Tver tumani sudi unga “uyushgan guruh tomonidan amalga oshirilgan juda katta miqdordagi tovlamachilik” moddasi bo‘yicha sirtdan ayblov qo‘ygan.