Jahon | 08:38 / 18.05.2015
2631
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Iroqqa Ramadini qaytarib olishga yordam beradi

AQSh mudofaa vazirligi jangarilar tomonidan nazorat ostiga olingan Ramadi shahrini Iroqqa qaytarish yo‘lida o‘z kuchini ayamasligini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Pentagon matbuot kotibi Elissa Smitning so‘zlariga qaraganda, shahar jangarilar qo‘lida vaqtincha turibdi va tez orada Iroqning muntazam qurolli kuchlari uni qaytarib oladi.
“Koalitsiya Iroq qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlab, shaharni qaytarib oladi”, – deb ishontirdi Smit xonim.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish