Jahon | 14:48 / 18.05.2015
2273
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda avtobus halokatida 3 kishi halok bo‘ldi

BAAda ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobusning halokatga uchrashi natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, 56 kishi yaralandi.
Khaleej Times nashrining ma'lum qilishicha, halokat Abu Dabidan 200 km narida sodir bo‘lgan. 60 nafar ziyoratchini olib ketayotgan avtobusning g‘ildiragi yorilib ketishi natijasida u tog‘ jinslarini maydalovchi mashinaga urilgan. 3 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yana 10 kishi og‘ir ahvolda yaqindagi shifoxonalardan biriga yotqizilgan.
Abu Dabi politsiyasi vakili polkovnik Hamad Nasr al-Balushiyning ma'lumot berishicha, halokatga haydovchining katta tezlikda yurgani sabab bo‘lgan. Halokat chog‘ida unga zarar yetmagan, lekin u hibsga olingan.
Ma'lum qilinishicha, ziyoratchilarning barchasi Hindistonning Kerala shtatidan bo‘lib, Umradan qaytayotgan bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish