Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada xokkey bo‘yicha jahon chempionati finalida Rossiyani mag‘lub etdi
17 may oqshomida xokkey bo‘yicha Rossiya terma jamoasi Chexiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati finalida Kanada termasiga qarshi o‘yin o‘tkazdi va yirik hisobda mag‘ubiyatga uchradi.
O‘yinda kanadaliklar 6:1 hisobida g‘alaba qozonishdi va yettinchi marta jahon chempioniga aylanishdi.
O‘yinda Rossiya termasi darvozasiga Kodi Ikin(18:10), Tayler Ennis (21:56), Sidni Krosbi (27:22), Tayler Segin (28:06), Klod Jiru (48:58) hamda Natan Makkinnon (49:50) tomonidan yo‘llangan aniq zarbalarga yagona javob zarbasi Yevgeniy Malkin (52:47) tomonidan berilgan.