Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Krasnodar" "Torpedo" bilan durang o‘ynab, turnir jadvalida uchinchi o‘ringa tushib ketdi
Kubanning "Krasnodar" jamoasi futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 28-turida o‘z maydonida Moskvaning "Torpedo" jamoasini qabul qildi. Bu o‘yinda 2:2 hisobi qayd etildi va mezbonlar keyingi mavsumda YeChlda qatnashish uchun imkoniyatlarini kamaytirib yuborishdi.
O‘yinda Vanderson (25) va Laborde (64) tomonidan kiritilgan to‘plarga mezbonlar safidagi Putilo (54) hamda Kirill Kombarov (74) javob qaytarishgan. O‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Odil Ahmedov 90 daqiqa harakat qilgan.
Shu tariqa, bu durangdan keyin "Krasnodar" hisobidagi ochkolar soni 56tani tashkil etmoqda.
"TsSKA" esa 28-tur doirasidagi o‘yinini safarda "Spartak"ka qarshi o‘tkazdi hamda yirik hisobda g‘alaba qozondi. Yeremenko (11, 22), Toshich (30) va Musa (63) tomonidan kiritilgan gollardan keyin 4:0 hisobi o‘rnatildi.
"Armiyachilar" hisobida ham ayni vaqtda 56 ochko mavjud, lekin to‘plar nisbati "TsSKA"da yaxshiroq, jamoa shu vaqtgacha raqiblar darvozasini 63 marta ishg‘ol qilgan hamda o‘z darvozasidan 26ta gol o‘tkazgan. "Krasnodar"da esa bu bo‘yicha ko‘rsatkich 49-25 nisbatini tashkil etadi.
"TsSKA" keyingi turlarni "Rubin" (25 may kuni, o‘z uyida) hamda "Rostov" (30 may kuni, safarda) jamoalariga qarshi o‘tkazadi.
"Krasnodar" keyingi ikki tur doirasida 24 may kuni "Rostov" bilan o‘z maydonida, 30 may kuni esa "Dinamo" bilan safarda o‘yin o‘tkazadi.
SO‘NGGI UChRAShUVLAR

