Sport | 17:08 / 18.05.2015
3666
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino "Real"ga qaytish bo‘yicha qilingan taklifni darhol rad etdi

Ispaniyalik taniqli jurnalistlardan biri «qaymoqranglilar»ning Yurgen Klopp, Rafael Benites, Xulen Lopetegi va Joze Mourino bilan olib borgan muzokaralari borasida bilganlarini Sky Sports nashriga gapirib berdi.

«Real» 2014/2015 yilgi mavsumda hech qanday sovrinlarsiz qoldi. Bu esa Karlo Anchelottining jamoani muddatidan oldin tark etishi mumkinligini anglatadi. Hozirda uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan to‘rtta nomzod ko‘rib chiqilmoqda.

«Real» hozirda bosh murabbiy izlamoqda. Bu «Real» sovrinlarsiz qolganda doimiy ravishda kuzatiladigan holat. Klub Yurgen Klopp, Rafael Benites, Xulen Lopetegi va Joze Mourino bilan muzokaralar olib bordi. «Real» ularning barchasiga klubda ishlashni taklif qildi. Mourino darhol «Yo‘q» deb javob qaytardi».

«To‘rtta nomzoddan, kimdir Rafaga qarshi, kimdir uni qo‘llab-quvvatlayapti. Jozegayam munosabat xuddi shunday. Lopetegi esa jamoaning kelajagi sifatida nomzodlar qatorida turibdi. Klopp borasida hali aniq to‘xtamga kelingani yo‘q».

«Zinedin Zidanning esa hali vaqti kelmagan deb hisoblashmoqda Mavsum boshida hamma uning foydasiga qarab ketayotgandi. Biroq «Kastiliya» yaxshi natija ko‘rsata olmagach, Zidan nomzodiga nisbatan ham shubhalar paydo bo‘la boshladi», deya jurnalistning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.

Ma'lumot o‘rnida ta'kidlab o‘tish joiz, Karlo Anchelotti 2013 yildan buyon «Real»ni boshqarib keladi. O‘tgan mavsumda jamoa Anchelotti rahbarligida o‘z tarixida 10-marta YeChL g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish