Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yakka tadbirkorlar xodim yollash huquqiga ega bo‘ldi
Prezident Islom Karimovning yangi farmoniga muvofiq yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga bir qator imtiyozlar berildi.
Jumladan, 2015 yilning 1 iyulidan xususiy tadbirkorlik yuritish va bunday turdagi faoliyatni nazorat qilishning yangi tartibi joriy qilinishi munosabati bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar 1 nafardan 3 nafargacha xodim yollash huquqiga ega bo‘ldi. Bunda tadbirkorlar har bir ishchi uchun byudjyetdan tashqari Nafaqa majmg‘armasiga minimal ish haqining 50 foizi miqdorida to‘lov kiritishi hamda yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkaning 30 foizi miqdorida aniqlangan soliq to‘lashi talab qilinadi.
Bundan tashqari, kollej bitiruvchilarini yollagan tadbirkorlar ular kollejni bitirgan sanadan boshlab 12 oy mobaynida yangi xodimlari uchun belgilangan soliqni to‘lashdan ozod qilindi.