Jahon | 14:56 / 19.05.2015
3503
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zavtosanoat” vakili Rossiyadagi korruptsion ishda guvohlik qilmoqda

“O‘zavtosanoat” kompaniyasi rahbar kadrlaridan biri Rossiyada olib borilayotgan korruptsion ishda guvohlik qilmoqda.

Ma'lumki, Voronej viloyati federal migratsiya boshqarmasining sobiq rahbari Nikolay Polukazakov korrupsiyada ayblanmoqda. Uning ishi sudda ko‘rib chiqilishi jarayonida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Tohirjon Jalilov guvoh sifatida chaqirildi.

Bu haqda sobiq amaldorning advokati Aleksey Mamontov ma'lum qildi.
“U tergovchilarga Polukazakov bilan muloqot qilganini aytgan. Uning aytishicha, mening mijozim undan pul tama qilmagan, ammo u go‘yoki imo-ishoralardan barchasini “to‘g‘ri tushungan”, – uning so‘zlarini keltiradi “Kommersant'” gazetasi.

Tergovchilar to‘plagan ma'lumotlarga qaraganda, 2013 yil sentabrida Polukazakov Uz-Daewoo kompaniyasi vakillaridan narxi 2.5 mln rublni tashkil qiluvchi Volkswagen Touareg avtomobilini olgan. Ayni paytda bu va boshqa ayblovlar tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish