Sport | 20:29 / 19.05.2015
2193
2 daqiqa o‘qiladi

Adriano Galliani: “Milan” yozgi transfer kampaniyasini katta dabdaba bilan o‘tkazadi”

Italiyaning “Milan” futbol jamoasi vitse-prezidenti Adriano Galliani kelayotgan yozgi transfer paytida klub yangi o‘yinchilarni sotib olish uchun pulni ayamasligini ma'lum qildi.

“Yozda biz shak-shubhasiz transfer kampaniyasini katta dabdaba bilan o‘tkazamiz.
So‘z “Milan” kabi nufuzli klub haqida ketganda, hammasini boshqatdan boshlash yengil bo‘ladi. Yaqinda “Yuventus” bunga ajoyib o‘rnak ko‘rsatdi.

1998 yilda jamoamiz chempionatni 11-o‘rinda yakunlangan edi, keyingi mavsumda esa skudettoni (Italiya chempionligini) qo‘lga qiritgan edik. Bizda eng yuqori cho‘qqiga qaytish uchun intilish bor.

Shuning uchun kelayotgan transfer paytida biz katta istak va ezgu niyatlar bilan ishlaymiz”, deb aytdi Galliani.

“Milan” egasi Silvio Berluskoni o‘ziga tegishli klubning bir qism aksiyalarini osiyolik investorlarga sotishga yaqin turibdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish