Sport | 15:19 / 19.05.2015
1689
1 daqiqa o‘qiladi

Istomin Jyenevadagi turnirdagi ishtirokini ishonchli g‘alaba bilan boshladi

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin Jyenevada tashkil etilgan ATR turniridagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.
Mukofot jamg‘armasi 494 ming 310 yevroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqaning birinchi turida u Yanko Tipsarevich bilan kuch sinashdi hamda 6:0, 6:2 hisoblarida ustun keldi.
Istomin keyingi bosqichda Braziliya vakili Tomas Beluchchiga qarshi kortga chiqadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish