Sport | 19:16 / 20.05.2015
18140
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston U-20ni Yangi Zelandiyaga kuzatish marosimi o‘tkazildi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun tongda Yangi Zelandiyaga yo‘l oldi. Ular Toshkent-Dubay-Sidney-Vellington yo‘nalishida parvoz qiladi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Futbol federatsiyasi ramiy veb sayti.

Kecha “O‘zbekiston” mehmonxonasida yoshlar terma jamoasini kuzatish marosimi tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston U-20 futbolchilari va murabbiylar shtabidan tashqari O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev, O‘FF faxriylar kengashgi raisi Narimon Jalolov, O‘FF qoshidagi kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘yicha ekspertlar kengashi raisi Axrol Inoyatov, terma jamoalar markazi texnik direktori Rustam Akramov, futbol faxriysi Axbor Imomxo‘jayevlar ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon Chempionati 30 may kuni start oladi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi o‘zining birichni o‘yinini 1 iyun kuni, Gondurasga qarshi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 09:00da boshlanadi.