Sport | 12:49 / 20.05.2015
1576
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda OTM talaba qizlari o‘rtasida futbol turniri tashkil etiladi

Toshkentda talaba qizlar o‘rtasida futbol musobaqalari tashkil etiladi.

O‘zbekiston ayyollar futboli, ayollar mini-futboli va sohil futboli assotsiatsiyasi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Oliy Ta'lim Muassasalari hamda xorij OTMlarining O‘zbekistondagi filiallari talaba qizlaridan tuzilgan jamoalar o‘rtasida futbol turniri tashkil qiladi.

20 may kuni O‘FF majlislar zalida turnirning tashkiliy masalalari bo‘yicha majlis bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqa shu yilning 22-28 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Musobaqaning guruh bosqichi o‘yinlari O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi qoshidagi sun'iy qoplamali maydonda o‘tkazilsa, final uchrashuvi Toshkentdagi “Bunyodkor” markaziy stadionida bo‘ladi.

Turnirga qur'a tashlash marosimi 2015 yilning 4 iyun kuni soat 11:00da, “Bunyodkor” stadioni majlislar zalida o‘tkaziladi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish