Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texnologiya | 16:24 / 20.05.2015
4107
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda paxta teruvchi robotning taqdimoti o‘tkazildi
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasi doirasida paxta teruvchi robotning taqdimoti o‘tkazildi.
Ta'kidlanishicha, robot quti shakliga ega bo‘lib, uning ichidan datchiklar yordamida boshqariluvchi “qo‘llar” chiqib keladi, paxtani tortib olib, uni konteynerga yuboradi. Ushbu mashina qanday algoritm asosida ishlashi hozircha oshkor qilinmagan.