Sport | 15:42 / 21.05.2015
2685
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada petarda bir muxlisning qo‘lini uzib yubordi

Braziliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi "Amerika" va "Olariya" klublari o‘rtasidagi uchrashuv tribunada yuzaga kelgan portlash sababli to‘xtab qoldi. Bu haqda Associated Press nashri xabar berdi.

Yirik petardaning portlashi natijasida bir muxlisning qo‘li uzilib tushgan, yana biri ko‘krak sohasidan jarohat olgan.

Uchrashuv birinchi bo‘limning o‘rtasida to‘xtatilgan, bu vaqtda tez yordam mashinasi jabrlanganlarni shifoxonaga olib ketgan. Tez yordam mashinasi stadionga qaytgach, o‘yin davom ettirilgan.

O‘yinda "Amerika" jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish