Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda sobiq yog‘ zavodi hududida yangi daha quriladi
Sobiq Buxoro yog‘ ekstrakti zavodi hududida “Dilkushoyi berun” aholi yashash dahasi quriladi. Bu haqda “Vostochnyy ekspress” nashri xabar bermoqda.
Aytilishicha, loyiha “Buxoroqurilishloyiha” instituti mutaxassislari tomonidan tayyorlangan. Unga ko‘ra 13.4 ga maydonda 478 xonadonga mo‘ljallangan 53ta uch qavatli uy quriladi. Loyiha mualliflarining ta'kidlashicha, ular hududning iqlimiy xususiyatlarini hamda viloyatning binokorlik an'analarini hisobga olishga harakat qilishgan.
Bo‘lajak dahada bolalar maydonchalari, dam olish maskanlari, sport inshootlari, do‘konlar va xizmat ko‘rsatish obektlaridan iborat infrastruktura ham qad ko‘taradi.