O‘zbekiston | 09:53 / 22.05.2015
4714
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston prezidenti 27-29 may kunlari Janubiy Koreyaga safar uyushtiradi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 27-29 may kunlari Janubiy Koreyaga safar uyushtiradi.

Ta'kidlanishicha, safar chog‘ida mudofaa sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasida muzokaralar olib boriladi.

Shuningdek, Koreya prezidenti Pak Kin Xe ma'muriyatining ma'lum qilishicha, hamkorlikdagi infrastruktur loyihalar hamda boshqa ikki tomonlama masalalar muhokama qilinadi.

Bu safar Islom Karimov prezidentlik saylovlaridagi g‘alabadan so‘ng birinchi marta chet elga rasmiy safar uyushtirishi bo‘ladi. Bir qator ekspertlarning fikricha, bu bilan O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan aloqalarning muhim ekanligini namoyish etadi.


1991 yildan buyon Karimov Janubiy Koreyaga 7 marta safar uyushtirgan. O‘zbekiston Koreyaning mintaqadagi eng yirik savdo hamkori hisoblanadi – ikki tomonlama savdo hajmi o‘tgan yili 1.9 mlrd dollarni tashkil qildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda 200 mingga yaqin koreyslar istiqomat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish