O‘zbekiston | 16:46 / 23.05.2015
2308
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada «Kallaxonalik yigitcha» romanining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston xalq rassomi Alisher Mirzoning «Kallaxonalik yigitcha» romani taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Turkiston-Press» NAA xabar bermoqda.

«Kallaxonalik yigitcha» romanida rassomning bolalik, o‘smirlik yillari, katta hayot falsafasi, ijodiy yo‘lida kechgan birda quvonchli, birda qayg‘uli, ba'zan esa o‘yga toldiradigan voqealar tasnifi badiiy mahorat bilan bayon etilgan», deb yoziladi manba bergan xabarda.

«Alisher Mirzo nafaqat rang tasvirning barcha janrlarida ijod qiluvchi musavvir, balki xalqimizning kundalik turmushini va tabiatini yorqin ranglarda talqin etuvchi yozuvchi hamdir. Ijodkor tomonidan yaratilgan ushbu roman madaniy hayotimizda muhim ahamiyatga ega, deyishimiz mumkin. Muallif unda qishloq hayotini, insonlar samimiyatini go‘zallik dunyosida yashayotgan inson qarashlari bilan ko‘rib, asarda tuyg‘u, hayrat, muhabbat kabi xislarni mahorat bilan tasvirlagan va romanning tabiiyligini ta'minlagan», deya adabiyotshunos olim Ibrohim G‘ofurovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Turkiston-Press».

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish