Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliyadagi yo‘llarda o‘rdaklar uchun alohida yo‘lakcha paydo bo‘ldi
Angliyaning uch shahri – London, Birmingem va Manchesterda suv havzalari bo‘ylab joylashgan yo‘llarda alohida ajratilgan yo‘lakchalar paydo bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Bu yo‘lchalarni yaratish tashabbusi bilan Canal & River Trust hayriya jamg‘armasi chiqdi. Bu jamg‘arma Angliya va Uelsdagi ichki suv havzalarining saqlanishi uchun javob beradi. Ajratilgan yo‘laklar oq chiziqlar bilan belgilanib, yo‘llarda o‘rdak surati tasvirlangan. Loyihadan maqsad odamlarga jamoatchilik hududlaridan samarali foydalanishni eslatib qo‘yishdan iborat.

Jamg‘arma menejyeri Kler Rizino Metro gazetasiga yo‘llar katta miqdordagi hayvonlar uchun yaratilishi kerakligini, biroq o‘rdaklarda to‘xtalishga qaror qilingani aytib o‘tdi.

Shunga o‘xshash loyihalar boshqa joylarda ham amalga oshirilgan. O‘tgan yili Xitoyning Chuntsin shahrida mobil telefonlarga ega odamlar uchun alohida yo‘lak yaratilgan edi. Bu loyiha tashkilotchilari smartfonga mukkasidan ketgan odamlar ko‘pincha qayerga ketayotganlarini bilishmaydi hamda yo‘lda boshqa yo‘lovchilar bilan urilib ketishadi.

