O‘zbekiston | 14:30 / 23.05.2015
2822
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aksiyadorlar soni 1,2 milliondan oshdi

O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida mingdan oshiq aksiyadorlik jamiyatlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda Davlat Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Manbaning ma'lumot berishicha, o‘tgan yil davomida 31 mingdan ziyod davlat korxonalari xususiylashtirildi. Buning natijasida aksiyadorlar soni 1,2 milliondan oshdi. Birgina 2014 yilning o‘zida 288 davlat aktivlari, shu jumladan ularnin 182tasi nol qiymatda xususiy sektor hisobiga o‘tkazildi.

Hozirgi kunga kelib O‘zbekistonda 90dan ortiq davlatlarning mablag‘lari ishtirokida 4 mingdan ortiq xususiy korxonalar faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, to‘liq xorij kapitali evaziga, chet el korporativ boshqaruvi tamoyillari asosida ishlayotgan korxonalar ham mavjud.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish