Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vermalen "Deportivo"ga qarshi kechadigan uchrashuvda "Barselona"da debyut qilishi mumkin
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Luis Enrike “Deportivo”ga qarshi kechadigan uchrashuvda jamoaning asosiy o‘yinchilariga dam olish imkonini beradi.
Ispaniyalik murabbiy “Deportivo” bilan bo‘ladigan uchrashuvda mavsum davomida yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagan futbolchilarni tushirishga va'da berdi. Uning so‘zlariga qaraganda Tomas Vermalen ham maydonga tushadi.
Shuningdek, murabbiy Xavining asosiy tarkibda tushishini ma'lum qilgan.
Ma'lumot uchun, Vermalen o‘tgan yili yozgi transfer vaqtida “Barselona” tarkibiga kelib qo‘shilgan hamda jarohat tufayli hozirga qadar birorta o‘yinda maydonga tushmagan.