Jamiyat | 08:40 / 24.05.2015
4405
1 daqiqa o‘qiladi

Polina Gagarina "Yevrovideniye-2015" tanlovini yuta olmadi

Rossiyalik qo‘shiqchi Polina Gagarina "Yevrovideniye-2015" musiqiy tanlovida ikkinchi o‘rinni egalladi. U to‘plagan ochkolar miqdori 303tani tashkil etgan.

Tanlov Avstriya poytaxti Vena shahrida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Shvetsiya vakili Mons Selmerlev 365 ochko bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rinni esa 292 ochko bilan Italiya vakili bo‘lmish Il Volo pop-triosi egalladi.

Ma'lumot uchun, ushbu tanlovda mezbon Avstriyadan tashqari Yevropadagi Albaniya, Armaniston, Ruminiya, Vengriya, Gruziya, Gretsiya, Estoniya, Serbiya, Belgiya, Rossiya, Shvetsiya, Litva, Polsha, Sloveniya, Norvegiya, Chernogoriya, Kipr, Ozarboyjon, Latviya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya davlatlari hamda Avstraliya va Isroildan kelgan 27 xonanda ishtirok etdi. Eng so‘nggi o‘rinni Germaniya vakili egalladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish