Jahon | 22:01 / 24.05.2015
1517
1 daqiqa o‘qiladi

Polshadagi prezidentlik saylovlarining dastlabki 5 soatida 17,4 foiz saylovchilar ovoz berib bo‘lishdi

Polshada 24 mayda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarining 2-bosqichida 17,4 foiz saylovchilar ovoz berib bo‘lishdi. Bu haqda Polsha Davlat saylov komissiya ma'lum qildi.

Saylov komissiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, saylovning ilk 5 soati davomida 30 mln ovoz beruvchidan 5 mln dan ko‘prog‘i ovoz berib bo‘lgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da saylov uchastkalari yopilgandan keyin OAVlar dastlabki natijalarni e'lon qilishadi.

Eng oliy davlat lavozimiga nomzodlar – amaldagi prezident Bronislav Komorovskiy va “Qonun va adolat” muxolif partiyasi a'zosi Anjyey Dudaning saylovdan oldingi kunlardagi reytinglari deyarli bir xil bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, g‘olib bilan mag‘lub orasidagi tavofut juda kichik qiymatni tashkil qilishi mumkin.

Saylov natijalari rasman dushanba kuni kechki payt yoki seshanba kuni ertalab ma'lum qilinishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish