Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin tvitter orqali Polina Gagarinani tabrikladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Yevrovideniye” musiqa tanlovida 2-o‘rinni egallagan rossiyalik xonanda Polina Gagarinani erishgan “ajoyib natija”si bilan tabrikladi.
Polina Gagarina nomiga yuborilgan tabriknoma Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning tvitterdagi mikroblogida chop etildi.
Xabarda Rossiya prezidenti “Yevrovideniye”ning final bosqichini tomosha qilganini va Gagarinaning erishgan muvaffaqiyati “ajoyib natija” ekanligini ma'lum qildi.
“Vladimir Putin: Polina Gagarina tabriklayman. Ikkinchi o‘rin ajoyib natija. Men hammasini ko‘rdim
— Dmitriy Peskov (@putin_24) 23 may 2015