Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Saturn” futbolchilari stadionga kiritilmagan muxlislariga minnatdorchilik bildirdi
Futbol bo‘yicha Rossiya chempionati 2-divizionining “G‘arb” zonasida ishtirok etuvchi Moskva viloyati, Ramensk shahrining “Saturn” jamoasi futbolchilari “Ximki” bilan uchrashuv paytida stadionga kiritilmagan muxlislariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.
Stadionning ijara muddati o‘z nihoyasiga yetgani sababli “Saturn” rahbariyati o‘yinning bekor qilinishini talab qildi. Biroq o‘yin inspektori muxlislarni stadionga kiritmagan holda o‘yinni o‘tkazishga ruxsat berdi. Natijada “Saturn”ning mingga yaqin muxlislari stadionga kira olmadi, biroq ular maydon tashqarisidan o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlab turdi.
Jamoa o‘z raqibi ustidan 3:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishgandan keyin futbolchilar stadionga kirish darvozasi yoniga borib, o‘z muxlislariga minnatdorchilik izhor etdi.