Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2015 yil oxiriga qadar Ukraina postsovet pasportlaridan qutuladi
Ukraina 2015 yilning oxiriga qadar postsovet pasportlarini butunlay iste'moldan chiqaradi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin TSN telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, bu Ukrainaning Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarini mustahkamlash uchun qo‘yiladigan talablardan biridir.
“Albatta, biz sovet o‘tmishidan qutulishimiz kerak. Bu postsovet pasportlarimizni ko‘rgan yevropaliklar ustimizdan kuladi, axir unda bemalol suratlarni almashtirib, boshqa odamga aylanish mumkin. Biz bu jihatdan ham yevropacha davlatga aylanishimiz kerak. Biz bu ishni yil oxiriga qadar amalga oshirishimiz kerak”, – ta'kidlab o‘tdi Klimkin.