O‘zbekiston | 09:51 / 25.05.2015
6902
1 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Review.uz nashrining ma'lum qilishicha, safar 2015 yilning 12 iyuniga mo‘ljallangan.
Pan Gi Mun ilgari ham O‘zbekistonga tashrif buyurgan. 2010 yilning aprelida u Orolbo‘yi mintaqasida safar uyushtirgan edi. Safar yakunlariga ko‘ra u Orol dengizi halokatini jahondagi eng katta ekologik fojialardan biri deb atab, butun jahon hamjamiyatini uning oqibatlarini bartaraf etish ishiga qo‘shilishga da'vat etgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish