Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dani Alves "Barselona"dan ketishiga pul sabab bo‘lmasligini aytib o‘tdi
"Barselona" jamoasining braziliyalik himoyachisi Dani Alves matbuot anjumani vaqtida o‘zining jamoadagi keyingi taqdiri haqidagi savollarga javob berdi. U o‘z faoliyatini o‘z mehnatlari qadrlanadigan joyda davom ettirishini aytib o‘tgan.
"Kelajak haqida aniq gap ayta olmayman. Jamoa bilan 30 iyun kunigacha shartnomam mavjud. Men hozirda oldimizda turgan o‘yinlarda muxlislar hurmati uchun o‘ynash haqida o‘ylayapman", deydi Alves.
"Shuni aytishim kerakki, jamoa rahbariyati mening o‘yinimni yetarlicha baholamayapti. Keyingi o‘yinlarda men o‘zimning jamoada qanchalik muhim o‘rin tutishimni isbotlab qo‘ymoqchiman. Lekin, ayni vaqtda bir qo‘lim, boshim va tanam "Barselona"dan tashqarida turibdi. Men butun borlig‘im bilan jamoadaman, lekin direktorlar kengashiga bir qo‘lim kifoyaga o‘xshayapti", deb davom etadi futbolchi.
Shuningdek, u jamoada qolishini pul emas, o‘ziga bo‘lgan e'tibor hal qilishini aytib o‘tgan.
"Ular gap pulda deb o‘ylashyapti. Lekin, men pul haqida o‘ylayotganim yo‘q. Agar mehnatingning qadriga yetishmasa, mehnat qilging kelmaydi. O‘ylashimcha, rahbariyat uchun ba'zi futbolchilarning bor yoki yo‘qligi ahamiyatsiz. Ayni vaqtda, men ketsam, men jamoa uchun qilgan xizmatlarni eslab yurishadi, deb o‘ylamayapman", deya so‘zlarini yakunlaydi Alves.
Biroz oldinroq, bu futbolchining "PSJ" jamoasiga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgandi.