Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:38 / 25.05.2015
1474
1 daqiqa o‘qiladi
Ispaniya muxolifati Madriddagi mahalliy saylovlarda g‘alaba qozondi
Reuters agentligining xabar berishicha, Ispaniyada hukmron Xalq partiyasi 1991 yildan buyon birinchi marotaba Madrid shahar kengashi ustidan nazoratni qo‘ldan boy berishi mumkin.
Berilgan ovozlarning 97 foizi sanab chiqilgach, Xalq partiyasi vakillari Madrid kengashidagi 57 o‘rindan 21tasini egallashi kutilayotgani aytildi.
O‘z navbatida, Ahora Madrid muxolifatchi koalitsiyasi nomzodlari 20ta o‘ringa, Sotsialistik partiya esa 9 o‘ringa ega bo‘ldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish