Jahon | 11:13 / 25.05.2015
1794
1 daqiqa o‘qiladi

Komorovskiy Polshadagi prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tan oldi

Polshaning amaldagi prezidenti Bronislav Komorovskiy mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Bundan tashqari, u g‘alabani qo‘lga kiritgan raqibi Anjyey Dudani tabrikladi.

“Do‘stlar, qo‘limdan kelmadi. Saylovchilar shunday qarorga keldi. Demokratiya bu faqat natijalarni tan olishgina emas, balki natijalarni hurmat ham qilishdir. Anjyey Dudani tabriklayman. Uni bu natija bilan tabriklayman va omadli prezidentlikni tilab qolaman”, – dedi siyosatchi.
Ayni paytda Duda 53 foiz ovoz olgani aytilmoqda.
Ilgariroq Polsha bosh vaziri Yeva Kopach yangi prezident bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish