Sport | 17:09 / 25.05.2015
1850
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik velopoygachi "Tur de Koreya"da g‘olib bo‘ldi

O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan ko‘p kunlik xalqaro velopoygalarda "Tur de Koreya" musobaqasida o‘zbekistonlik sportchi Dilmurod Siddiqov besh bosqich natijasiga ko‘ra oltin medalga erishdi.

Velosport federatsiyasi matbuot-xizmati bergan ma'lumotlarga ko‘ra, musobaqaning alohida bosqichlarida Doston Olamov (ikkinchi o‘rin) hamda Andrey Izmaylov (uchinchi o‘rin) muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 

"Tur de Koreya" musobaqasida 8ta mamlakatdan kelgan 14ta jamoa tarkibida 94ta velopoygachi ishtirok etdi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish