Jahon | 09:10 / 25.05.2015
2451
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada TV va radiodagi reklamaning ovozi pasaytirildi

Rossiyada amaldagi “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlar kiritildi. TASS agentligining xabar berishicha, yangi tartiblarga ko‘ra, televizion ko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarda qo‘yiladigan reklamalar va anonslarning ovoz balandligi cheklanadi.
Qonun reklama lavhalarining balandligini 1.5 detsibel qilib belgilab qo‘ydi. Reklama va anonslar boshqa televizion materiallardan balandroq ovozda uzatilmasligi kerak. Buni tekshiruvchi maxsus laboratoriya ishga tushirilishi aytilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish