O‘zbekiston | 20:34 / 25.05.2015
2161
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda TextileExpo Uzbekistan 2015 modalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

27-30 may kunlari Toshkentda TextileExpo Uzbekistan 2015 nomli xalqaro modalar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Bu tadbir o‘tkaziladigan kunlari O‘zekspomarkaz pavilonlarida tikuvchilik san'ati va modalar olamining oxirgi yangiliklari namoyish etiladi. Shu jumladan, sohaga oid texnik yutuqlar, asbob-uskunalar taqdimoti ham ko‘rgazma dasturidan o‘rin oladi.
Tadbir tashkilotchisi ITE Uzbekistan va ITE kompaniyalari guruhidir.
Eskpozitsiya ishtirokchilari ichida Belarus, Hindiston, Indoneziya, Xitoy, Latviya, Litva, Polsha, Turkiya, o‘zbekiston va Yaponiyaning 70 kompaniyasi vakillari bor. Ekspozitsiyaning 40 foizi O‘zbekiston kompaniyalariga, 60 foizi boshqa davlatlar kompaniyalariga ajratiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish