Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada O‘zbekiston madaniyati va san'ati taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Yaponiyaning Saitama shahrida Saitama International Fair-2015 Xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Bu forum doirasida O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi tomonidan O‘zbekiston madaniyati va san'ati taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimot mehmonlari o‘zbek xalqining an'anaviy musiqiy ijodi, milliy kiyim-boshlari, xalq-amaliy ijodiyotining turli turlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ldi. Shuningdek, ular yurtimizning tarixi, madaniyati va urf-odatlari, arxitektura yodgorliklari va diqqatga sazovor maskanlari haqida batafsil ma'lumot oldilar.
Tadbir doirasida “Guliston” yapon ansambli chiqishi uyushtirilib, ansambl tomonidan “Tanovar”, “Munojot”, “Dilxiroj”, “Lazgi” va boshqa halq raqslari ijro etildi.
O‘tkazilgan taqdimot yapon jamoatchiligiga o‘zbek madaniyati va an'analari bilan yaqindan tanishish, yurtimizda ro‘y berayotgan voqealar, turli sohalardagi yutuqlardan boxabar bo‘lish imkonini berdi.