Jahon | 11:44 / 25.05.2015
4133
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada zilzila sodir bo‘ldi

Tokio yaqinida kuchli yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda Yaponiya metereologiya agentligiga tayangan holda TASS xabar bermoqda.
Hukumat aholini sunami xavfidan ogohlantirgan. Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi evakuatsiyasi e'lon qilingan.
Ta'kidlanishicha, yer qimirlashi magnitudasi 5.6 ballni tashkil qilgan. Zilzila episentri Saytama prefekturasida, 50 km yer ostida bo‘lgani aytilmoqda.
Zilzila tufayli Tokio metrosining va bir qancha temir yo‘l reyslarining harakati to‘xtatilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish