Jamiyat | 08:40 / 25.05.2015
1741
1 daqiqa o‘qiladi

Jyerar Depardyo yangi serialda bosh rolni ijro etadi

Fransiyalik aktyor Jyerar Depardyo “Marsel” nomli yangi serialda bosh rolni ijro etishi mumkin. Variety nashrining yozishicha, ushbu kartina mashhur “Qartali uy” serialining fransuzcha muqobili bo‘ladi.
Loyiha Netflix kompaniyasiga tegishli. 8 qismli teleserial 25 yildan buyon shaharni boshqarib kelayotgan hokim Robert Taroning yosh siyosatchi bilan saylovlardagi raqobati haqida hikoya qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish