Sport | 17:02 / 26.05.2015
1976
1 daqiqa o‘qiladi

“PSJ” Xavini “al-Sadd”dan ijaraga olmoqchi

“Barselona” yarim himoyachisi Xavi keyingi mavsumda “PSJ” ijara asosida to‘p surishi mumkin.
O‘tgan hafta 35 yoshli futbolchi “Barselona”dan ketishi va Qatarning “al-Sadd” jamoasi tarkibiga qo‘shilishini e'lon qildi.

Le Parisien nashrining yozishicha, “PSJ” Xavini qatarliklardan bir mavsumga ijaraga olishni ko‘zlamoqda. Xuddi shunday tartibda “Manchester Siti” jamoasi Frenk Lempardni “Nyu-York Siti”dan ijaraga olgan edi.
Bundan tashqari, shu yo‘l bilan “PSJ” feyr-pley qoidalarini buzmagan holda yuqori malakali futbolchiga ega bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish