Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 06:33 / 26.05.2015
1958
1 daqiqa o‘qiladi
Anchelottiga jamoadan ketishi kerakligi aytildi
"Real" prezidenti Florentino Peres 25 may kuni kechasi jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida prezident italiyalik ushbu mutaxassisga keyingi mavsumda uning "Real"da ishlamasligini ma'lum qilgan.
Yaqin soatlar ichida Anchelottining ishdan bo‘shatilgani haqida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Qayd etish joizki, Anchelotti 2014-2015 yillar mavsumida "qirollik kubogi" bilan hech qanday sovrinni yuta olmadi. Ayni vaqtda uning o‘rniga Yurgen Klopp olib kelinishi haqidagi xabarlar mavjud.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish