Jahon | 19:38 / 26.05.2015
2725
1 daqiqa o‘qiladi

Misr Rossiyadan 24ta Sukhoi Superjet 100 samolyotini sotib olishi mumkin

Rossiya va Misr 12ta Sukhoi Superjet 100 samolyotini (keyinroq yana 12ta samolyot olish sharti bilan) sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishishlari mumkin. Misrga samolyotlar 2016 yilning oxiridan yetkazib berila boshlanishi aytilmoqda. Bu haqda Rossiya savdo-sanoat vaziri Denis Manturov ma'lum qildi.

“Biz Qohira aeroportida joylashgan ikkita SSJ-100 samolyotini Misr aviakompaniyalariga namoyish qildik. Bular 95 o‘rindiqli yo‘lovchi versiya va VIP-versiyadagi samolyotlardir", deb aytdi vazir.

Manturov Misr fuqarolik aviatsiyasi va transport vazirlari bilan ushbu samolyotlarni sotib olishga qiziqqan xaridorlarga eng maqbul moliyaviy shartlarni taqdim qilishga kelishib olganini qo‘shimcha qilib o‘tdi. Uning aytishicha, hozir bu masala ko‘rib chiqilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish