Jamiyat | 09:48 / 26.05.2015
2650
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada har yili shariat bo‘yicha yuzlab nikohlar qayd qilinishi aytildi

Moskva bosh muftiysi Ildar Alyautdinov “Russkaya slujba novostey” agentligiga bergan intervyusida Moskvada har yili shariat bo‘yicha yuzlab nikohlar qayd qilinishi aytib o‘tdi.

“Musulmonlar uchun bunday nikohlarni ma'lum hollarda qonunlashtirish mumkin deb o‘ylayman, – dedi u muloqot chog‘ida. – Albatta, har kim ham ikkinchi yoki uchinchi marta uylanavermaydi. Amal qilinishi lozim bo‘lgan ko‘plab shartlar bor”.

Bundan tashqari, muftiyning fikricha, Rossiyada ayollar erkaklardan ko‘proq, shu bois noqonuniy munosabatlardan ko‘ra rasman nikoh qurgan maqsadga muvofiqdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish