Jahon | 08:03 / 26.05.2015
2329
1 daqiqa o‘qiladi

Polshadagi saylovlarida Andjyey Duda g‘alaba qozongani rasman e'lon qilindi

Polshada 25 may kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovining ikkinchi turi yakunlariga ko‘ra mamlakatdagi yirik muxolifat partiyasi “Qonun va adolat” yetakchisi Andjyey Duda g‘alaba qozondi.

Ma'lum bo‘lishicha, Duda uchun 51,55 foiz saylovchilar, amaldagi prezident Bronislav Komorovskiy uchun 48,45 foiz saylovchilar ovoz bergan. Ikkinchi tur saylovda saylovchilarning 52,56 foizi ishtirok etgan.

Mamlakat bosh vaziri Yeva Kopach yangi prezident bilan yaqindan hamkorlikda ishlashini ta'kidlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish