Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Kemeron bilan Suriya va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Dauning-strit vakillariga tayangan holda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, suhbat 30 daqiqa davom etgan. Suhbatda ko‘tarilgan asosiy masala Suriya va Ukrainadagi inqiroz bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, ikki siyosatchi Suriya ixtilofi yuzasidan muzokaralarni qaytadan jonlantirish uchun bir qator uchrashuvlar o‘tkazish kerakligi borasida kelishuvga erishilgan. Ukraina masalasida esa ikki davlat rahbari biror-bir kelishuvga erisha olmagan.