O‘zbekiston | 13:54 / 26.05.2015
3045
1 daqiqa o‘qiladi

Putin O‘zbekistondagi Akademik rus teatri rahbarlaridan birini Pushkin medali bilan taqdirladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Akademik rus drama teatri direktorining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Irina Xilkovani Pushkin medali bilan taqdirladi.
Pushkin medali “Rossiya Federatsiya bilan do‘stlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shilgan hissa uchun” Rossiya va boshqa davlatlar fuqarolari taqdirlanadi.
Mukofotlanuvchi kamida 20 yil ijtimoiy va gumanitar faoliyat bilan shug‘ullangan bo‘lishi kerak. 17 yil davomida medal 800 kishiga berildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish