Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Regbi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘yinlari Toshkent viloyati hududida o‘tkaziladi
Regbi bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi divizionidan o‘rin olgan O‘zbekiston hamda Hindiston jamoalarining o‘zaro o‘yinlari 27 va 30 may kunlarida Toshkent viloyati hududidagi Yuqorichirchiq timanida joylashgan "Do‘stlik" stadionida o‘tkaziladi. Bu haqda "Gazeta.uz" nashri xabar tarqatgan.
Osiyo chempionatining birinchi bosqichidagi o‘yinlarni o‘tkazish uchun 3 divizion tashkil qilingan: Sharqiy, Markaziy-janubiy hamda G‘arbiy. Markaziy-janubiy diviziondan O‘zbekiston termasi Hindiston va Pokiston bilan birgalikda joy olgandi. Lekin, pokistonliklar ma'lum sabablarga ko‘ra turnirda ishtirok eta olmasliklarini bildirishgan.
Endilikda Hindiston bilan o‘tkaziladigan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, keyingi bosqichga chiquvchi jamoa nomi aniq bo‘ladi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston regbi terma jamoasi o‘tgan yilda Lahor shahrida Hindiston terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazgan hamda 23-17 hisobida g‘alaba qozongandi.