Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya "IShID"ning Palmiradagi pozitsiyalariga aviazarbalar berdi
Suriya Harbiy-havo kuchlari "IShID" jangarilarining Palmiradagi 160dan ko‘proq o‘rinlariga aviazarbalar berdi. Ko‘plab terrorchilar yakson qilingan va jarohatlangan, ularga tegishli qurol-aslahalar yo‘q qilingan.
Eslatib o‘tamiz, "IShID" jangarilari Yaqin Sharqdagi eng mashhur arxitektura ansabmlaridan biri, YuNeSKO jahon merosi obekti hisoblanuvchi qadimiy shahar Palmirani bosib olgan edi. Iroqda jangarilar qadimiy shaharlarni yakson qilgani hisobga olinsa, Palmirani ham xuddi shunday taqdir kutayotganligini aytish mumkin.
Hozirda Suriya hukumat qo‘shinlari katta muammolarga duch kelmoqda. Urushning birinchi bosqichida muxolifat kuchlariga muvaffaqiyatli kurash olib borgan prezident Bashar Asad armiyasi ancha kuchliroq bo‘lgan "IShID"ga qarshi chora topa olmayapti hamda chekinishga majbur bo‘lmoqda.