Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:29 / 26.05.2015
3170
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada deputatlikka nomzod ayol otib ketildi
Turkiya parlamentiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda muxolif Xalq respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Elif Do‘g‘an Turkman Adana shahrida otib ketildi. Bu haqda NTV telekanali orqali ma'lum bo‘ldi.
Aytilishicha, Turkman xonim mahalliy restoranlardan biriga saylovoldi tadbirida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan. Restoran yaqinidan o‘tayotgan mashina ichidagi noma'lum shaxs unga qarata o‘t ochgan.
Jarohatlangan siyosatchi shifoxonaga yotqizildi. Politsiya surishtiruv ishlarini boshladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish